Xodim uchun dam olish vaqti
Foydali huquqiy ma’lumotlar

Xodim uchun dam olish vaqti

21.02.2025 192 та кўриш

Qonunchilikka ko‘ra, ish kuni davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi kamida 30 daqiqa va ko‘pi bilan 2 soat bo‘lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak.

Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi.

Xodimlar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanadi. Bu vaqtda ular ish joyidan chiqib ketishi mumkin.