Bu qanday ishlaydi?
Mavzuli kurslar kim uchun?
Kurslar o‘z huquqiy savodxonligini oshirish istagida bo‘lgan barcha fuqarolar uchun taqdim etiladi.
Kurslarga qanday a‘zo bo‘lish kerak?
Kursda ishtirok etish uchun saytning “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasi orqali ro‘yxatdan o‘tish
Menga mos mavzuli kurs uchramadi. Nima qilishim kerak?
Foydalanuvchi tomonidan saytda o‘zini qiziqtirgan mavzuli huquqiy kurs mavjud bo‘lmasa, mavzuli kursga buyurtma qilish sahifasi orqali murojaat etishlari mumkin.
Kursni to‘liq o‘zlashtirgandan so‘ng sertifikat beriladimi?
Kurslardagi mavjud darslarni o‘zlashtirib bo‘lgandan keyin berilgan test sinovida umumiy to‘plash mumkin bo‘lgan 100 balldan kamida 56 ballni to‘plagan kurs qatnashchilariga avtomatik tarzda maxsus elektron sertifikat taqdim etiladi.
Mavzuli kurslarni kim tuzadi va u qay darajada ishonarli?
Saytdagi mavjud barcha mavzuli huquqiy kurslar “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining tajribali mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi va tizimga joylashtiriladi. Shuningdek, har bir kurslar amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqiladi.