Xodimlar "El-yurt umidi" jamg‘armasi hisobidan xorijda stajirovka o‘tashi mumkin.
Foydali huquqiy ma’lumotlar

Xodimlar "El-yurt umidi" jamg‘armasi hisobidan xorijda stajirovka o‘tashi mumkin.

17.09.2025 147 та кўриш

Qonunchilikka ko‘ra, iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va boshqa yo‘nalishlarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan maqsadli stajirovka dasturi amalga oshirilishi belgilangan.

Stajirovka muddati – 1 oydan 6 oygacha.

 Bunda vazirlik, idora, yetakchi oliy ta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari o‘qituvchilari orasidan stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Ular tegishli tashkilotga qaytgandan so‘ng keyingi 2-yil davomida bajarishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi.

Tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalari har yili «El-yurt umidi» jamg‘armasi Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadi.

 Har yili 1-aprelga qadar o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida g‘oliblar aniqlanadi