Qonunchilikka ko‘ra, agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunchilik investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda bo‘lgan qonunchilik chet el investorlariga nisbatan investitsiya qilish paytidan e’tiboran 10 yil mobaynida qo‘llaniladi.
Investor o‘zining investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonunchilik qoidalarini o‘z xohishiga ko‘ra qo‘llash huquqiga ega.