Mazkur kurs fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati, ularning bu borada savodxonlik darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Jumladan, eʼtiboringizga taqdim etilayotgan kursning mazkur bo‘limi mehnatga oid huquqiy munosabatlar sohasini tartibga soluvchi qonunchilik jihatlarini tushuntirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga muvofiq, “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega”.
Ushbu kurs mehnat munosabatlari vaqtida paydo bo‘ladigan turli xil vaziyatlar bo‘yicha axborot-tushuntirish materiallarini o‘z ichiga qamrab olgan 3 ta darsdan iborat.
Darslarni o‘zlashtirganlik uchun umumiy to‘plash mumkin bo‘lgan 100 balldan kamida 56 ballni to‘plagan kurs qatnashchilariga maxsus elektron sertifikat taqdim etiladi.
-
1-mavzu. Mehnat munosabatlarining asosiy huquqiy institutlari sifatida: majburiy mehnat, tibbiy ko‘rik, ish vaqti, mehnatni muhofaza qilish, intizomiy jazolar va ta’tillar10:00
-
1-mavzu yuzasidan taqdimot07:00
-
2-mavzu. Xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solish (huquqiy asoslar, nizolar va mehnat shartnomasini bekor qilish)10:00
-
2-mavzu yuzasidan taqdimot07:00
-
3-mavzu. Mehnat shartnomasini tuzish va mehnatga haq to‘lash07:00
-
3-mavzu yuzasidan taqdimot10:00
-
Test sinovi15:00
Изоҳ қолдириш учун тизимга киринг
Kirish