Nikoh tuzish muddatlari
Foydali huquqiy ma’lumotlar

Nikoh tuzish muddatlari

24.03.2025 217 та кўриш

Qonunchilikka ko‘ra, nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin 1 oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. 

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

 Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi 1 oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin