O‘zbekiston Respublikasida mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish va sohaga oid qonunchilik bazasini mustahkamlash muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Xususan, isteʼmolchilarning halol mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, bozorda ishonchli va kafolatlangan “Halol” belgisiga ega mahsulotlarni taʼminlash, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun aniq meʼyor va talablarni belgilash maqsadida “Halol” sertifikatlashtirish tartib-taomillari takomillashtirildi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur nizomda “Halol” mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish jarayonlari, talablar va masʼul tashkilotlarning vazifalari aniq belgilab berilgan. Mazkur masalaga oid qonunchilik hujjatlarini sodda, aniq va tushunarli tilda bayon etish maqsadida mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi bo‘yicha kurs ishlab chiqildi.
-
1-Mavzu. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish to‘g‘risida umumiy qoidalar10:00
-
Mavzu yuzasidan slayd10:00
-
1-Mavzu. Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida umumiy qoidalar.10:00
-
Mavzu yuzasidan slayd10:00
-
1-Mavzu. Sertifikatni amal qilishini tasdiqlash, to‘xtatib turish, tugatish10:00
-
Mavzu yuzasidan slayd10:00
-
Mavzu yuzasidan testlar15:00
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Kirish