Veb-sayt egasi va bloger internetdagi sahifasida nimalarga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini bilasizmi?
Фойдали ҳуқуқий маълумотлар

Veb-sayt egasi va bloger internetdagi sahifasida nimalarga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini bilasizmi?

23.06.2025 151 та кўриш


Veb-saytning va veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan internetdagi o‘z veb-saytida va veb-sayt sahifasida yoxud boshqa axborot resursida quyidagilarga yo‘l qo‘ymasligi shart:

 -O‘zbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga daʼvat etish;

-ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, mitinglarda, ko‘cha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga daʼvat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish;

-jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatish;

-urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;

-davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etish;

-milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;

-jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish;

-giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni targ‘ib qilish;

-pornografiyani, zo‘ravonlikni va shafqatsizlikni targ‘ib qilish, shuningdek o‘z joniga qasd qilishga daʼvat etish;

-fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va sog‘lig‘iga yoxud o‘zga shaxslarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi g‘ayrihuquqiy harakatlarni sodir etishga undashga yoki boshqa tarzda jalb qilishga qaratilgan axborotni tarqatish;

-qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan o‘zga harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilish.