Metropolitendan foydalanuvchilar huquqlari
Фойдали ҳуқуқий маълумотлар

Metropolitendan foydalanuvchilar huquqlari

24.03.2025 204 та кўриш

Qonunchilikka ko‘ra, yo‘lovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega

o‘zlari bilan birgalikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarini, bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachalarini, bolalar velosipedlarini, musiqa asboblarini bepul olib yurish;

nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan metropolitenning texnik vositalaridan foydalanish, zaruratga ko‘ra tegishli xodimlardan yordam olish;

bekatlarni havaskorlik foto va videotasvirga olish;

bekatlarda joylashgan tibbiy punktlar yordamidan foydalanish;

telefon va aloqa vositalaridan foydalanish.