Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati uchun subsidiya beriladi
Фойдали ҳуқуқий маълумотлар

Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati uchun subsidiya beriladi

11.01.2025 182 та кўриш

Qonunchilikka ko‘ra, qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratilishi belgilangan.

 Taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.